• Al-Beruniy ko'chasi, 2-uy
  • khorezmpalace@mail.ru

Biz haqimizda

"Khorezm Palace" mehmonxonasi - Xorazm viloyati Urganch shaxrining markazida joylashgan, 4 yulduzli zamonaviy mehmonxona majmuasidir.

Mehmonxona infratuzilmasi yuqori sinfdagi xizmatlar bilan ta'minlash uchun bizga imkon beradi va o'z ichiga quyidagilarni oladi: Bizness markaz (zamonaviy, yuqori sifatli ofis uskunalari va aloqa bilan jihozlangan, kichik seminarlar, treninglar va biznes uchrashuvlar uchun mo'ljallangan mukammal makon), barcha xonalarda mavjud bo'lgan simsiz internet tarmog'i (Wi-Fi) sayyohlar va biznesmenlar uchun qulaydir.

"Khorezm Palace" mehmonxonasi 2002 yili eski mehmonxona "Xorazm-Inturist" bazasi asosida qayta ta'mirlangan.

Bugungi kunda "Khorezm Palace" mehmonxonasi jihozlanganlik darajasiga va xizmat ko'rsatish sifatiga ko'ra 4 yulduzli mehmonxona hisoblanadi va Urganch shahrida narxi va sifatiga ko'ra yetakchi mehmonxonalardan biridir.

"Khorezm Palace" mehmonxonasi Xorazm viloyatida yagona ichimlik suvini tozalash va ozonlashtirish tizimiga ega.

Jumladan dunyodagi eng yaxshi mehmonxona xizmati standartlari namunalaridan biri bo’lmish , asosan faqatgina Xorazm viloyatida mavjud bo’lgan optimallashtirilgan yaxshi rivojlangan infratuzilma Fidelio V8 nazorat tizimiga ega.

Bu vaqt bilan sinalgan biznes logikaning hayotga tadbiqi hisoblanib, uning yaratuvchisi shu soxaning yetakchisi bo'lmish Micros Fideliodir. Bu mehmonlar va xizmat ko’rsatuvchilar haqida barcha zarur ma'lumotlarni almashish uchun qulay imkoniyatdir.

Mehmonxona kompleks binosi Urganch shaxar manzarasi ko’rkiga ko’rk qo’shib turibdi.

Mehmonxonaning qurilishida shamol tezligi va yo’nalishi, yog’ingarchilik, iqlim omillari bo’lmish harorat va namliklar hisobga olingan.

Menejment va boshqaruv tizimida tez va osonlik bilan kundalikdagi quyidagi yumushlarni bajarish imkoniyatlari mavjud: xonalarni band qilish, mehmonlarni joylashtirish, restoranda oldindan stol buyurtma berish va buyurtmalarni bajarish. Har bir mijozga uning imtiyozlari va kategoriyasiga qarab alohida xizmat ko’rsatish.

Mehmonxona hodimlari real vaqt tizimida xonalarning tozaligiga, jihozlariga, xona buyurtma berish tizimiga, qabulga va bevosita avtomatlashtirilgan buxgalteriya tizimlarining monitoringiga javob beradi.

Kommunikatsiya tizimi esa bizning mehmonlarga zamonaviy tarmoq vositalari bo’lmish Wi-Fi texnologiyasiga asoslangan simsiz internet tarmog’i, shaharlar va xalqaro telefon va faks tarmog’idan foydalanish imkonini yaratadi.

Chekmaydigan va imkoniyati cheklangan mehmonlar uchun qulay joylashish ta’minlangan.

Tadbirkorlar uchun har qanday qo’shimcha qurilma va jihozlarni ijaraga olish imkoniyatlari mavjud.

Mehmonxonamiz sizni har doim hursandchilik bilan kutib olishga tayyor va dam olishingiz uchun maksimal darajada qulay yoki ishchi tashrifingiz samarali bo’lishi uchun qo’limizdan kelgan barcha ishni qilamiz.